Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning muammolari hal etildi
15:44 / 2026-03-06

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Payshanba – yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Oltinko‘l tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sanjar Jabborov tumandagi ichki ishlar bo‘limi probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi. 

Uchrashuvda mas’ullar tomonidan yoshlarning yashash sharoiti, bandligi va oilaviy muhitini o‘rganish davomida aniqlangan muammolar, ularni bartaraf etish masalasi atroflicha muhokama etildi. Xususan, o‘ttizga yaqin turli masala va muammolar eshitilib, boshqarma boshlig‘i, tuman mas’ullari tomonidan ayrim muammolar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar tegishli idoralar nazoratiga olindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida nazoratdagi shaxslarga belgilangan cheklovlarga qat’iy amal qilish, huquqbuzarlik va takroriy jinoyat sodir etmaslik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, muloqotda yoshlarni giyohvandlik va psixotrop moddalar ta’siridan asrash, kiberjinoyatlarning, xususan, bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberfiribgarlik holatlarining oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Mutaxassislar tomonidan kiberhujumlarning eng ko‘p uchraydigan turlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda shubhali havolalar va xabarlarga ishonmaslik, bank kartasi ma’lumotlarini begona shaxslarga taqdim etmaslik kabi muhim jihatlar yuzasidan ishtirokchilarga tavsiyalar berildi.

F. Ubaydullayev, O‘zA.