English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
10:39 / 2025-10-20

FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi Yoshlar markazida yosh moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Yoshlar 1+1: moliyaviy savodxonlik” loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi. 

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasi hamkorligidagi tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, tijorat banklari mutaxassislari, kiberxavfsizlik sohasi vakillari hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari ishtirok etdi. Seminar-trening aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish, ularga amaldagi foydali bilim va ko‘nikmalarni yetkazish, bank plastik kartalaridan xavfsiz foydalanish va omonatlarni to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadiga qaratilgan. 

[gallery-25798]

Shuningdek, tadbirda so‘nggi yillarda fuqarolar hayotida uchrayotgan kiberjinoyatlar hamda ulardan himoyalanish yo‘llari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan qulay imkoniyatlar, tijorat banklarining ajratayotgan imtiyozli kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar interaktiv fikr-mulohazalar tarzida o‘tgani tufayli talabalar o‘z oldiga qo‘ygan biznes g‘oya va rejalarini yuzasidan soha mutaxassislaridan foydali maslahatlar oldi. Muloqot savol-javoblar bilan yanada qiziqarli tus oldi.

Seminar-trening yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA