Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning korrupsiyaga qarshi fikri o‘rganilmoqda
18:40 / 2026-02-17

Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “WikiAntiKorrupsiya” (https://wikimarafon.uz/blog/16/) onlayn tanlovi boshlandi.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlov orqali hozirda ishtirokchilar  @WikiTanlov_bot (https://t.me/WikiTanlov_bot) orqali ro‘yxatdan o‘tmoqda.

Ishtirokchilar 21-fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish mavzuidagi 40 ta test savoliga javob beradi va g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlov o‘zbekcha Vikipediyani boyitish, yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlarni oshirish, ingliz tiliga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 30 nafar g‘olibning Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA