Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning IT sohasidagi bilimlari oshirilmoqda
14:24 / 2025-11-01

Shu kunlarda “Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida maktab o‘quvchilari uchun seminarlar o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan amaliy seminarlar davomida poytaxtimizdagi 121, 154, 16, 266, 84, 121 va 73-maktab o‘quvchilari ishtirokida IT-Park ekotizimi, zamonaviy IT jarayonlari va texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlar haqida davra suhbati o‘tkazildi.  

Tadbirda o‘quvchilar o‘zlariga qiziq bo‘lgan savollarga javob olib, IT sohasidagi turli yo‘nalishlar haqida kerakli  bilimlarga ega bo‘lishdi.  

Shuningdek, ularga bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan IT kasblari, shu jumladan dasturlash, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida ishlash imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.  

Seminar davomida o‘quvchilarga haqiqiy ish jarayonlari, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va innovatsion texnologiyalarni qanday amaliyotda qo‘llash haqida yo‘nalishlar berildi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur tashabbus yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va amaliy faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytirishda yordam beradi.  

Seminar o‘quvchilar o‘zlari uchun kelajakda qanday yo‘nalishlarni tanlashni va qaysi sohaga qiziqishlarini aniqlash uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.

Bu kabi seminarlar 26 dekabrga qadar davomiy o‘tkazib boriladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA