Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning huquqiy bilimi mustahkamlanmoqda
15:49 / 2025-12-03

Aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga yoshlarni faol jalb etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida hududlarda “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning navbatdagi manzili Toshkent viloyati bo‘ldi. 

– Mazkur loyiha doirasida viloyat Adliya boshqarmasi, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari va talabalaridan iborat guruh a’zolari shu kungacha Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq, Toshkent va Zangiota tumanlaridagi umumta’lim maktablari hamda kasb-hunar kollejlarida uchrashuvlar o‘tkazdi. Tadbirlarda yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlash va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida yosh targ‘ibotchilar tomonidan turli interfaol o‘yinlar va tanlovlar tashkil etilmoqda. Tadbirlarda faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirilmoqda. “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalarida ham targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Navbatdagi uchrashuvlar Chinoz tumanida bo‘lmoqda, – deydi Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ikrom Bekniyozov. 

A.Musayev,O‘zA.