Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning huquq va manfaatlari mustahkamlanmoqda
14:31 / 2023-04-14

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yoshlarning jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish masalasiga alohida urg‘u berilgan.

Xususan, Konstitutsiyaga davlat yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash, uy-joy, ishga joylashish, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratadi, degan norma kiritilmoqda.  

Albatta bu yoshlarimizning har tomonlama rivojlanishi uchun ularga tegishli imkoniyatlar, ya’ni sog‘lom va uy-joyli bo‘lish, ta’lim olish, ishga joylashish, band bo‘lish va dam olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Guliston tumanidagi Agrotexnologiyalar texnikumida o‘quvchi yoshlar va o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida konstitutsiyaviy islohotlar mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.  

Tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Shavkat Iskanov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Qulmatov, Xalq deputatlari Viloyat kengashi deputati Norbobo Soatovlar so‘zga chiqib kontitutsiyaga kiritilishi taklif etilayotgan yangi modda va normalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Yoshlar siyosati borasida davlat tegishli shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha majburiyat olayotgani, kiritilayotgan yangi normalar, nafaqat yoshlarimiz manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning farovon taqdiri uchun muhim ekanligi ma’ruzalarda qayd etildi. Yoshlar bilan muloqot qizg‘in-savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Sh. Suyarov, O‘zA