French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi
13:41 / 2026-02-24

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ko‘ksaroy” qarorgohida yoshlar bilan muloqoti davom etmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligi “Fikringni ber (Voice Up)” inklyuziv oromgohini tashkil qilib, yoshlar tashabbusi asosida o‘ndan ziyod loyihalarni amalga oshirdi.  

Endilikda ushbu loyihani har bir hududda o‘tkazib, 1 ming nafar yoshlarni qamrab olish, eng yaxshi loyihalarni taklif qilgan yoshlar ishtirokida Samarqand shahrida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohini tashkil qilish topshirildi.  

“O‘sish va rivojlanish (Upshift)” startap loyihasi kengaytirilib, bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlarida ham tanlov o‘tkaziladi. 

Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi.

O‘zA