Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning ekologik savodxonligi sinovdan o‘tkazildi
15:57 / 2025-11-20

Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarining ekologik bilim va mas’uliyatini oshirish bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etadi. Boisi, bugun atrof-muhit va atmosfera muhofazasi bilan bog‘liq juda ko‘plab muammolarga duch kelyapmiz.

Shu ma’noda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan aholi va yoshlarning ekomadaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qator tadbirlar, uchrashuv va muloqotlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, partiya markaziy Kengashi tomonidan "Eko intellekt" zakovat turniri tashkil etildi.  

Turnirda 14 ta jamoa vakillari ekologiya sohasida o‘z bilim va qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi. Ishtirokchilar ekologiya bo‘yicha qiziqarli savol-javoblar, tezkor viktorinalar va interaktiv mashg‘ulotlarda faollik ko‘rsatdi. Shu orqali o‘z bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bellashuv natijasiga ko‘ra, 7 ta jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi.  

Bu kabi tadbirlar yoshlarning ekologik savodxonlik, atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot tamoyillari bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.  

M.Komilova,

O‘zA