Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning bilim, iqtidor va iste’dod maydoni
15:55 / 2023-05-18

Andijon shahrida umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan tuzilgan tuman, shahar jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shakat Mirziyoyev yoshlarning intellektual bilim va salohiyatini yanada yuksaltirish, ularning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini muntazam tashkil etish bo‘yicha tashabbusni ilgari surmoqda.

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda "Zakovat intellektual klubi" nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida yurtboshimiz  tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon shahrida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida viloyatdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan tashkil topgan 16 ta tuman va shahar jamoasi ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.  

“Zakovat” intellektual o‘yini ochilishida so‘z olgan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Gulhayo Omonova va boshqalar tomonidan o‘tkazilayotgan “Zakovat” musobaqalari o‘quvchi yoshlarning bilim va intellektul salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilishi, bilim, iqtidor va iste’dodlarini namoyon etishi uchun maydon bo‘layotgani, shu bilan birga, viloyatda intellektual fikrlashi yuqori yoshlar bazasining shakllanishiga yordam berayotganligi alohida ta’kidlandi.  

Qiziqarli va murosasiz bahslar asosida o‘tgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball jamg‘argan Andijon tumani jamoasi birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bellashuvda ikkinchi o‘rin Oltinko‘l, uchinchi o‘rin Baliqchi tumani o‘quvchilariga nasib etdi.  

[gallery-11929]

Bellashuvning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA