Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarni yot g‘oyalardan asraylik
10:29 / 2023-09-20

Andijon davlat universitetida yoshlarni ekstremistik, terroristik va missionerlik g‘oyalaridan asrash, ularning ana shu g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetini yuksaltirish, internetdagi axborot va ma’lumotlardan o‘rinli foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy, tasviriy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati hokimligi, Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov, Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari Rahmatillo Arziyev, universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev, viloyat IIB boshqarmasi vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari, tyutor va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda bugungi kunda jamiyatni diniy aqidaparastlik g‘oyalarining salbiy ta’siridan saqlashda aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy bilim va tushunchalarini boyitishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarning o‘rni muhim ekanligi ta’kidlandi. 

[gallery-13637]

Tadbirda so‘z olgan ma’ruzachilar yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, buyuk ajdodlarimiz hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosi, yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi ulug‘ ne’mat ekanligi, xalqimizning farovon hayotini, millatlararo do‘stlik va totuvlikni targ‘ib etuvchi g‘oyalarini qadrlash, asrab-avaylash, O‘zbekistonning porloq kelajagi, ravnaqi uchun hissa qo‘shish har bir yurtdoshimizning ham insoniy, ham fuqarolik burchi ekanligi alohida qayd etildi. 

Ishtirokchilar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot hamda yoshlar bilan ishlash borasidagi ishlar sifati va samaradorligini oshirish, yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. 

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga ekstremistik, terroristik va missionerlik, uning g‘oyalari ta’siriga tushib qolish, tarqatishning salbiy oqibatlari haqidagi kinofilm namoyish etildi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.