Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash – asosiy maqsad
15:37 / 2023-07-19

FOTOREPORTAJ

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati, shahar prokuraturasi hamda yoshlar siyosati va sport boshqarmasi  hamkorligida poytaxtda yashovchi 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil, oilaviy sharoiti og‘ir 120 nafar o‘smir hayoti yaqindan o‘rganildi.  

Tarbiyasi og‘ir, salbiy xatti-harakatlar sodir etgani uchun profilaktik hisobga olinib, qizil toifaga kiritilgan 40 nafar yoshga tibbiy, moddiy va ma’naviy, ijtimoiy-huquqiy, psixologik va pedagogik yordam ko‘rsatildi.  

Bu yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida ularga yashash hududlaridagi sport maktablari mashg‘ulotlarida bepul qatnashishi uchun sertifikatlar topshirildi. Uch nafar yigitga “Ishga marhamat!” monomarkaziga yo‘llanma berildi.  

[gallery-12819]

Shu munosabat bilan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tarbiyalanuvchilarga sertifikatlar bilan birga sport anjomlari, kiyim-kechaklar va sovg‘alar topshirildi.  

Bir piyola choy ustida o‘tgan suhbat taniqli xonandalar, bolalar ijodiy jamoalari ijrosidagi qo‘shiqlarga ulanib, barchaga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.  

Muhammad AMIN (surat), O‘zA