French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarni sifatli axborot bilan ta’minlash masalasiga qaratilgan suhbat tashkil etildi
15:45 / 2021-08-05

bugungi globallashuv jarayonida axborot texnologiyalari, ayniqsa, internet yoshlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi. Tezkor ma’lumot olish va axborot almashishning eng qulay vositasi bo‘lgan global tarmoq orqali kirib kelayotgan axborot xurujlarining soni esa ortib bormoqda.

Shu munosabat bilan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi «Axborot xurujlariga qarshi samarali kurashishda yoshlarni sifatli axborot bilan ta’minlashning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati tashkil qildi.

Unda O‘zbekiston media maydonida yoshlarni sifatli axborot bilan ta’minlashning bugungi holati va muammolari, axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda OAV ning o‘rni, kreativ axborot muhitini yaratishda bolalar nashrlarining ahamiyati kabi mavzular atroflicha muhokama etildi.

Suhbatda respublika bolalar va o‘smirlar nashrlari - «Tong yulduzi», «Klass» gazetalari, «Gulxan», «G‘uncha» jurnallarining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga oid masalalarham munozaralarga sabab bo‘ldi. Tadbirda mazkur nashrlarning bosh muharrirlari ham ishtirok etib, gazeta va jurnallar obunasining kamligi, tahririyatlarning moddiy texnik bazasi yetarli emasligi bilan bog‘liq muammolar xususida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan soha rivojiga oid bir qator taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbirda «OAV yoshlar nigohida» mavzusidagi ijtimoiy so‘rovnoma natijalari ham ko‘rib chiqildi.

12-17 yoshli o‘smir qizlarning shahvoniy ko‘rinishdagi suratlari, video tasvirlarini qo‘yib borayotgan “ Proshmandovki Tashkenta» nomli telegram kanali faoliyatiga oid video lavha namoyishi tadbir ishtirokchilari tomonidan qattiq qoralanib, noqonuniy tarzda faoliyat yuritayotgan mazkur kanal faoliyatini cheklashga oid takliflar  bildirildi.

Suhbat mobaynida partiya bolalarni zararli axborot xurujlaridan himoya qilish borasida, tegishli vazirlik, agentlik hamda tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.



Maftuna KARIMOVA, O‘zA