Yoshlarni san’atga oshno etib
Buxoro shahar san’at kollejida 559 nafar o‘quvchi tasviriy san’at, aktyorlik, xalq raqsi, estrada kabi 14 yo‘nalishda zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda.
Buxoro shahar san’at kollejida 559 nafar o‘quvchi tasviriy san’at, aktyorlik, xalq raqsi, estrada kabi 14 yo‘nalishda zamonaviy sharoitlarda tahsil olmoqda.Yoshlarni san’atga oshno etish, ularning bilim va iste’dodini yuksaltirishda kollej o‘qituvchisi Manzura Sherovaning ham alohida xizmatlari bor.
Manzura Sherova 15-yildan buyon o‘quvchilarga fortepyanodan saboq beradi. Anvar Salimov, Shohrux Shodiyev singari shogirdlari mamlakat miqyosida o‘tkazilayotgan nufuzli tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.