French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda ta’limdagi islohotlar muhim o‘rin tutadi
14:43 / 2021-03-25

Mamlakatimizda ta’lim tizimini sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ularga nazariy bilim berish barobarida, korxona hamda tashkilotlarda amaliy ko‘nikmalarini oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish doimiy e’tibordagi masalalardan biri hisoblanadi.

Tizimning qonunchilik bazasi mustahkamlangani bu borada olib borilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirishda, real iqtisodiyotning turli jabhalari uchun zarur mutaxassislar tayyorlashda muhim omil bo‘layapti.

Masalan, 2020 yilda Prezidentimiz «Yoshlar forumi»da ishtirok etib, yoshlar bilan uchrashuvda «Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman», deb ta’kidladilar. Bu esa, bugungi kunda men va men kabi yoshlarni uchun bo‘layotgan e’tibor va e’tirofning namunasi deb bilaman.

Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarimizning universitetda tahsil olishi uchun barcha qulayliklar yaratilishi, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini kelgusida qamrovini oshirish zarurligini alohida ta’kidlagan.

bugungi kunda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, 2020 yilda o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 5 tagacha imkoniyatlar berildi. Bu albatta yoshlarni talaba bo‘lishlari uchun katta imkoniyat yaratib berdi.

Bizga ma’lumki, ilm yo‘lini tanlagan magistratura yo‘nalishiga ham topshiruvchi talabalar soni ham talaygina. Magistratura yo‘nalishi bo‘yicha bosqichma-bosqich kvotalar qo‘shib borilmoqda. Lekin, magistratura yo‘nalishiga topshirib o‘qish baxtiga muyassar bo‘lmagan yoshlarning juda kam qismi qayta topshirayotganini kuzatishimiz mumkin. Aksariyat yoshlarimiz esa, o‘qishga kira olmagach xorijiy davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga topshirishi yoki ishlash uchun chiqib ketishini ko‘rishimiz mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2018-2019 o‘quv yilida 11 999 nafar ariza topshirgan bo‘lib, 5797 nafari qabul qilingan. 2019-2020 o‘quv yilida esa 25 913 nafar ariza topshirgan bo‘lib, 10 185 nafari qabul qilingan. 2020-2021 o‘quv yilida 74 049 nafar ariza topshirgan bo‘lib, 14 711 nafari qabul qilingan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bir qancha o‘z takliflarimni berib o‘tmoqchiman.

Birinchidan, magistratura yo‘nalishiga ham 2-3 tagacha yo‘nalishlarga topshirish imkoniyati berilishi kerak.

Ikkinchidan, magistratura yo‘nalishida ikki kurs o‘qishni to‘liq amaliyotda o‘tashi lozim. Amaliyotni dissertatsiya mavzusi doirasida korxona yoki tashkilotlarda o‘tashi kerak. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasida ushbu amaliyot mavjud. Tinglovchi bir yil to‘liq nazariy bilimlar oladi. Ikki yil magistrlik ishi bo‘yicha korxona yoki tashkilotga amaliyot o‘taydi. Amaliyot bilan bir qatorda dissertatsiya ishini ham amaliy yozib boradi.

Uchinchidan, xohlovchilar uchun onlayn o‘qish tizimini joriy qilish kerak. Bunda chorak va yakuniy nazoratlar oflayn ko‘rinishida amalga oshiriladi. Misol uchun, rivojlangan davlatlar hamda mamlakatimizdagi Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasida ushbu amaliyot mavjud. Bunda eng avvalo qamrovni kengashtirish hamda magistraturada o‘qib boshqa joyda ham ishlash imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi takliflar amalga oshirilsa, kadrlar zaxirasi kengayib, malakali kadrlarni xorijiy davlatlarga chiqib ketishning oldi olinadi, chet davlatlarga chiqib ketayotgan mablag‘lar mamlakatimizda qolishiga erishiladi.

 

Bahromjon Rahmonaliyev,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati,

OʼzLiDeP fraksiyasi a’zosi