English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturi tasdiqlandi
15:20 / 2026-02-02

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturi tasdiqlandi.

Dasturda: 

maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy hamda oliy ta’lim tizimi tashkilotlarida yagona milliy tarbiyaning yaxlit tizimini yaratish, Vatanga sadoqat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning vertikal tizimini amalga oshirish;

Dasturning asosiy g‘oyasi, maqsad va vazifalariga erishish uchun “Milliy tarbiya modeli”ni amalga oshirish; 

yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha aniq mexanizmlarni joriy etish tarbi belgilab berildi. 

Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi: 

birinchi boskichda - maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 3-6 yoshdagi bolalarga milliy o‘zlik tuyg‘usining rivojlanishi, o‘z hatti-harakatlarini boshqarish va o‘zini namoyon qilishga intilish, tevarak-atrofga munosabat ko‘nikmalari singdiriladi; 

ikkinchi bosqichda - umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan 7-18 yoshdagi o‘quvchilarda buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, o‘ziga ishonch, mustaqil qaror qabul qilish, sog‘lom dunyoqarash, bag‘rikenglik, burch va mas’uliyat fazilatlari shakllantiriladi; 

uchinchi bosqichda - o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida bilim olayotgan 16-22 yoshdagi o‘quvchi va talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanini himoya qilishga tayyor, harbiy xizmatga shay, fidoyi shaxsni tarbiyalash, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘sha oladigan faol fuqarolik pozitsiyasi rivojlantiriladi.

Barcha ta’lim tashkilotlarida har dushanba kuni “Kelajak soati” darsi o‘tiladi.

Bunda: 

a) dolzarb mavzular doirasida dars ssenariylari asosida kontentlar yaratiladi hamda “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga joylashtirib boriladi; 

b) “Kelajak soati” darslarini o‘qituvchi pedagog xodimlar uchun maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi; 

v) Dasturda belgilangan vazifalarga erishish maqsadida O‘zbekistonning Milliy tarbiya modeli ishlab chiqiladi; 

g) har yili ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar va pedagoglar o‘rtasida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi. 

Qarorga ko‘ra Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi: 

2026 yil 1 iyunga qadar O‘zbekistonning Milliy tarbiya modelini; 

har yili 1 sentyabrga qadar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning namunaviy ish rejalarini tasdiqlab beradi. 

Mazkur qaror bilan Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini 2026 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ham tasdiqlandi. 

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab “Jasorat maktablari” o‘quvchilari o‘rtasida ikki bosqichdan iborat “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasi o‘tkaziladi. 

2026 yil iyun oyida ta’lim tashkilotlaridagi “Vatan tayanchi” harakati a’zolarining harbiy-vatanparvarlik forumi tashkil etiladi. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda talaba qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari”, talaba o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Amir Temur vorislari” nomli harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi. 

O‘zA