Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarni birlashtirgan festival
16:25 / 2020-12-28

Surxondaryo viloyatining barcha shahar, tumanlarida bir hafta davom etgan “Yoshlar festivali” chin ma’noda yoshlarni birlashtirdi.

Festival doirasidagi tadbirlar zanjirida harbiy qismlarda uchrashuv, kitobxonlik, adabiy kechalar, sport musobaqalari, ko‘rgazmalar o‘rin oldi. Shuningdek, viloyat hokimi To‘ra Bobolovning tumanlarda yoshlar bilan va  Yoshlar parlamentiga a’zolar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida  turli sohalarga oid dolzarb masalalar bo‘yicha yoshlar takliflari tinglandi.  

[gallery-624]

Festival yakuni esa Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida gala konsertga ulandi. Tadbirda viloyat ravnaqi yo‘lida faol va fidoiy bo‘lgan bir guruh yoshlarga viloyat hokimining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Termiz shahar madaniyat bo‘limi hamda viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA