Yoshlarimiz Qirg‘izistonda o‘tayotgan “Talabalar spartakiadasi”da qatnashmoqda
Bugun, 23 iyun kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahrida 7 ta sport yo‘nalishi bo‘yicha “Talabalar spartakiadasi” xalqaro sport musobaqalari boshlanadi.
Dunyoning turli mamlakatlaridan talaba-sportchilar ishtirok etadigan mazkur spartakiadada mamlakatimizning 100 nafarga yaqin sportchi-yoshlari qatnashishi kutilmoqda.

Kecha O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri maslahatchisi Sh.Mo‘minjonov boshchiligidagi mamlakatimiz sport delegatsiyasi O‘sh shahrida tantanali kutib olindi.

Xalqlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat hamda yoshlar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan spartakiada doirasida sport mutaxassislari, murabbiy va hakamlar uchun turli seminarlar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA