Yoshlarimiz Paraosiyo o‘yinlarida medal jamg‘arishda tengsiz
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan Paraosiyo o‘yinlarining navbatdagi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Hozirga kelib, musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 59 ta oltin, 31 ta kumush, 16 ta bronza jami 106 tani tashkil etmoqda. Buning natijasida delegatsiyamiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda bormoqda.

Paraosiyo o‘yinlarida jamoamizdan so‘ng Eron delegatsiyasi 38 ta oltin, 46 ta kumush va 50 ta bronza medaliga ega chiqib, ikkinchi o‘rinda qolmoqda. Yaponiyalik para sportchilar 25 oltin, 17 kumush va 4 bronza jamg‘arib, kuchli uchlikdan o‘rin olgan.

Darvoqe, para pauerlifting bo‘yicha Omadbek Muhammadjonov +107 kg. vazn toifasida 145 kilogramm toshni ko‘tarib, barcha raqiblaridan ustun keldi va musobaqaning amaldagi chempioni sifatida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA