Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etadi
14:36 / 2017-07-20

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan 2018-yilgi yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash musobaqasida munosib ishtirok etib, final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan 2018-yilgi yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash musobaqasida munosib ishtirok etib, final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Osiyo chempionati saralash bahslarida terma jamoamiz a’zolari "D" guruhida BAA, Livan va Nepal terma jamoalari bilan bahslashdi.

Futbolchilarimiz guruhdagi dastlabki uchrashuvni livanlik tengdoshlariga qarshi o‘tkazib, 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Nepallik yoshlarga qarshi kechgan ikkinchi uchrashuvda ham Ravshan Haydarov shogirdlari hujumkor o‘yin namoyish etib, raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Guruhdagi so‘nggi o‘yinda futbolchilarimiz mezbonlar bilan bahslashdi. Maydonda to‘liq ustunlik bilan harakat qilgan yoshlarimiz mazkur bahsni ham Islomjon Qobilov va Javohir Siddiqovning gollari evaziga 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Shu tariqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, Osiyo chempionati final bosqichiga chiqdi. Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 9-27-yanvar kunlari Xitoyda bo‘ladigan yigirma uch yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida mezbonlar bilan birga, saralash bahslarida o‘nta guruhda g‘olib bo‘lgan jamoalar va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega besh davlat terma jamoalari qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.