French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarimiz 3 ta sovrinli o‘ringa ega chiqishdi
09:33 / 2022-03-25

Xabar berganimizdek, Ozarbayjonning Gyoygyol shahrida 2005-2007 yillarda tavallud topgan yosh dzyudochilar o‘rtasida o‘tgan nufuzli musobaqaning birinchi kungi musobaqalarida 50 kg. vazn toifasida Zafarbek O‘ktamov hamda 60 kg. vaznda Sarvarbek Abdualimov bronza medallarini qo‘lga kiritgandi.

Kecha- 24 mart kuni Yevropa ochiq chempionati maqomida o‘tkazilgan so‘nggi kungi bellashuvlarda 73 kg. vazn toifasida Muhammadumar Hayitov jamoaga yana bir bronza medalini taqdim etdi.

Aytish joiz, dunyoning qirqdan ziyod davlatidan 500 nafarga yaqin yosh dzyudochilar ishtirokida o‘tgan musobaqaning sovrinli o‘rinlariga umumiy hisobda 20 ga yaqin davlat vakillari sovrinli o‘rinlarga egalik qilishdi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta bronza medali bilan nufuzli turnirni yakunlaganligi e’tiborli bo‘ldi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA