Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani 4-sektor hududidagi fermer xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan yer maydonlaridan 80 gektari yoshlarga ajratib berildi.
Tumani hokimligi mutasaddilari mahalla faollari bilan birgalikda ishchi guruh tashkil etib, yerlarni aholiga ajratish bo‘yicha hududlarda ijtimoiy daftarlarda turuvchi, band bo‘lmagan, ishga yaroqli bo‘lgan ehtiyojmand fuqarolarning ro‘yxati shakllantirildi.
Ayni kunlarda “Ravot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi fermer xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan yer maydonlaridan 160 nafar vaqtinchalik band bo‘lmagan uyushmagan yoshga jami 80 gektar yer maydoni ajratib berildi. Yoshlar ushbu ajratilgan yer maydonlaridan unumli foydalanib, yuqori hosil olishi uchun barcha qulaylik va sharoit yaratib berilayotganini ham alohida ta’kidlash lozim.
Ushbu ajratilgan yer maydonlariga “BMB HOLDING” kompaniyasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan “BMB Agroklaster” korxonasi va yoshlar tomonidan bir xil mahsulot ekish mo‘ljallanmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hsaNrZAjIBE" title="Yoshlarga yer berildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>,
A.Qayumov (video,surat), O‘zA muxbiri