Yoshlarga “Xalqaro yil talabasi” mukofoti topshirildi
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Xalqaro yil talabasi” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mukofot dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning akademik, ijtimoiy va professional yutuqlarini e’tirof etishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Xalqaro talabalar ittifoqi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi.
Mukofotlar “Yil talabasi”, “Jamiyat va diaspora rivojiga qo‘shgan hissa”, “O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib namoyon etish” va “Yil innovatsiyasi” nominatsiyalari bo‘yicha topshirildi.
[gallery-27069]
Tadbirda qayd etilganidek, ushbu tashabbus xorijda tahsil olayotgan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularning mamlakat taraqqiyotidagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
Asliddin Alijonov (surat), O‘zA