Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarga oid masalalar muhokama qilindi
16:13 / 2025-10-22

Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida barcha tashkilot va idoralar tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Prezidentimizning «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasi muhokama etildi.

Mazkur masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi hamda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Yoshlar ishlari agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etish uchun ta’sirchan “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida qisqa metrajli videorolik yaratildi. 

Faol yoshlar va yoshlar yetakchilaridan iborat bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika, viloyat va tuman (shahar) yosh targ‘ibotchilar guruhlari tashkil etildi. Bundan tashqari, volontyorlik guruhi vakillari tomonidan “Korrupsiya inson farovonligiga qarshi jinoyat” mavzusida tashviqot-targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilib, mahallalardagi yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Yoshlar parlamenti a’zolari ham hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan turkum davra suhbatlari, seminar va treninglarni tashkil etdi.

Yoshlar markazlari va oliy ta’lim muassasalarida «Korrupsiya – kelajak kushandasi», «Korrupsiya – kelajakka tahdid» mavzulari doirasida 3,5 ming nafardan ziyod yoshlar bilan davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazildi.

Shuningdek, yig‘ilishda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda vazirliklar tomonidan amalga oshirilgan ishlar ham muhokama etildi. Xususan, Favqulodda vaziyatlar hamda Transport vazirliklari tomonidan yoshlar yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Yoshlar balansi” shakllantirilgan. Yoshlar muammolarini bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.

Yosh mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida 2 ming 350 nafar yoshlar ishtirokida 12 marotaba sohaga doir Breyn-ring va viktorina, 18 marotaba “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilgan. 

Shuningdek, vazirlik va uning hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalarida 23 marotaba “kitob mutolaasi” aksiyasi, 12 marta kitobxonlik kechalari tashkil etilgan.

Transport vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasining 4 ta transport turlari yo‘nalishi bo‘yicha “Innovatsion g‘oyalar” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib, “Vazir va yoshlar” uchrashuvi doirasida mazkur ko‘rik tanlov g‘oliblari taqdirlangan.

Shu bilan birga, Toshkent davlat transport universitetida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazilgan. 

M.Komilova, O‘zA