Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarga ma’naviyat ulashuvchi karvon yo‘lga chiqdi
16:59 / 2025-10-23

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida 140 dan ortiq mutaxassislar tomonidan tayyorlangan dunyoga mashhur kitoblar viloyat va shahar universitetlari kutubxonalariga topshirilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, davlatimiz rahbari qaroriga muvofiq, ushbu kitoblar axborot-kutubxona muassasalariga, shuningdek, ularning elektron nusxalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Fanlar Akademiyasi tizimidagi kutubxonalarga beg‘araz taqdim etiladi.

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularni ilmga, ma’rifatga va tafakkurga undash maqsadida tashkil etilgan loyiha doirasida “Kitob karvoni” orqali mamlakatimiz yoshlari minglab yangi nashrlar, badiiy va ilmiy asarlar, zamonaviy adabiyotlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda.

“Kitob karvoni” – bu nafaqat kitob sovg‘asi, balki bilim, tafakkur va ilhom karvoni hamdir.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA