Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor qalbimizni faxr-iftixorga to‘ldiradi
20:21 / 2020-12-29

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini katta hayajon va qiziqish bilan tingladim.

Prezidentimizning: “Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi. Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni ko‘ra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi g‘ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, ko‘zlagan marralarga albatta yetamiz. Yangi O‘zbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz” degan so‘zlari men va men kabi minglab yurtimiz yoshlari qalbiga ishonch, azmu shijoat tuyg‘ularini muhrladi.

Ayniqsa, Yurtboshimiz tashabbusi bilan kirib kelayotgan 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nomlanganligidan behad quvondim. Yoshlarga, ularni qo‘llab-quvvatlashga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘lami yanada kengayishidan qalbim faxr-iftixorga to‘ldi.

Albatta, bu e’tiborga munosib bo‘lish, yoshlar yetakchisi sifatida ularni yanada faol, yurt ravnaqi, porloq kelajagini bunyod etish yo‘lida fidoyi bo‘lishga safarbar etish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Andijonlik yoshlar nomidan Prezidentimizning yoshlarga bildirgan ishonchini oqlash, yurtimizga munosib farzand bo‘lish uchun butun imkoniyat va salohiyatimizni ishga solishga va’da beraman.

Oybek YULDASHEV,

Yoshlar ishlari agentligi

Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i.