Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yoshlar o‘rtasida firibgarlik, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va huquqbuzarliklarning oldini olish (profilaktika) choralarini tashkil etish” mavzuida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlashga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda yoshlar orasida uchrayotgan kiberjinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tajribali vakillari o‘zlarining boy amaliy tajribalari va muhim tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Xususan, talabalarda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, sog‘lom va faol hayot tarzini tanlash, eng asosiysi vatanga sadoqat, qonun ustuvorligiga hurmat va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida urg‘u berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA