English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarga bir kun harbiy bo‘lish imkoniyati yaratildi
14:24 / 2026-01-15

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan FVV akademiyasi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan "Vatanparvarlik oyligi" doirasida bir qator loyihalar ilgari surilib, tadbirlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamkorligida "Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni" shiori ostida "Vatanparvar liderlar" harbiy sinovlari tashkil etildi.

Jumladan, Toshkent shahridagi 90 dan ortiq Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari "Vatanparvar liderlar" loyihasida jam bo‘ldi. Mazkur loyiha Toshkent shahridagi bir milliondan ortiq yoshlarning yetakchilarini harbiy intizom va vatanparvarlik ruhida birlashtirishni maqsad qilgani bilan ahamiyatlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Harbiy xavfsizlik va Mudofaa universiteti faoliyati, zamonaviy ta’lim- tarbiya imkoniyatlari, yaratilgan imkoniyatlar hamda Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar haqida atroflicha tushunchalar berildi.  

Tadbirda ishtirokchilar yugurish, arqon tortish, turnikda tortinish,  AK-74 va PM qurollarini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, zamonaviy otish trenajyoridan me’yorlarni bajarish va yana shu kabi mashqlarni tajribali mutaxassislar nazoratida bajardi.  

Bu sinovlar har bir yetakchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib, liderlik qobiliyatlarini yanada toblashga xizmat qildi. Kunning ikkinchi yarmida esa yakuniy ballar hisoblanib, eng yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar aniqlandi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA