Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi
17:50 / 2024-04-02

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat soliq boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyati kengashi hamkorligida yoshlar uchun “Bonu shirinliklari” fabrikasiga ekskursiya tashkil etildi.

Jizzax shahrida joylashgan “Bonu shirinliklari” fabrikasi 2009-yili oilaviy tadbirkorlik samarasida tashkil etilgan bo‘lib, “Xalq banki”dan faoliyat ko‘lamini kengaytirish hamda zamonaviy ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun qariyb 10 milliard so‘m kredit olgan. Fabrikada hozirgi kunda yuzdan ziyod turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 

Bugungi kunda fabrika mahsulotlari qo‘shni va yaqin xorijiy mamlakatlarga, jumladan, Afg‘oniston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Ozarbayjon va Xitoy davlatlariga ham eksport qilinmoqda. 

– Ushbu tadbirni o‘tkazishimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarimizda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishni orttirish, ularning tadbirkorlikka, kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan harakatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, – deydi Jizzax viloyat soliq boshqarmasi axborot xizmati rahbari Gulchehra Urdusheva. – Shuningdek, yoshlarimizni mazkur fabrika faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdir. 

– Oilaviy tadbirkorlikdan tashkil topgan mazkur “Bonu shirinliklari” fabrikasi bugungi kunga kelib yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi va “Bonni” brendi ostidagi mahsulotlarning asosiy qismini eksport tashkil etayotganini yoshlarimiz o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, guvohi bo‘lishlarini ham rejalashtirgan edik, – deydi viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Begzod Toshpo‘latov. –Ishtirokchilarining fikrlaridan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, Prezidentimizning joriy yil 21-fevraldagi farmoni ijrosi doirasida yoshlarimiz uchun uyushtirgan ushbu ekskursiya orqali ularning oilaviy biznes, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini orttirishning uddasidan chiqdik, deb o‘ylayman. 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari