Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirmoqda
08:32 / 2025-08-07

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida Axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘qitish markazi ish boshladi. 

Mazkur markaz BMTning Taraqqiyot dasturi va Yaponiya davlat granti ko‘magida hayotga tatbiq etildi. Ushbu loyiha uchun 50 ming AQSH dollari miqdorida grant mablag‘i ajratilgan. Hozirda markaz zamonaviy kompyuterlar, tezkor internet tarmoqlari va o‘quv jihozlari bilan to‘liq jihozlangan holda yoshlarga xizmat ko‘rsata boshladi. 

Gulshanoy Saydahmedova tumanning Qumariq mahallasida yashaydi. Hozirda Farg‘ona davlat texnika universitetining 2-kurs talabasi. Bir vaqtning o‘zida u ona va mehribon oila bekasi hamdir. Ammo bu vazifa uni o‘z ustida ishlashdan, yangi kasb egallashdan, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishdan to‘smagan. 

– Men bu yerda grafik dizaynerlik kursida o‘qiyapman, - deydi Gulshanoy. – Ilgari bu sohaga qiziqardim, lekin uning sir-asrorlarini o‘rganishga imkon bo‘lmagan edi. Markaz o‘z ustimda ishlashim uchun foydali manzil bo‘ldi. Bu nafaqat o‘zim, balki oilam, farzandlarim uchun ham ilhom manbaidir. Men kabi xotin-qizlar uchun bunday kurslar ayni muddao. 

[gallery-24638]

Markaz faoliyati nafaqat texnik ko‘nikmalarni, balki yoshlarda mustaqil fikrlash, innovatsion yondashuv va jamoaviy ishlash salohiyatini ham shakllantirmoqda. Axborot texnologiyalari va xorijiy tillar kabi sohalarga taalluqli ta’lim – bu faqat bilim emas, balki kelajakni o‘z qo‘li bilan qurish imkoniyatidir.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA