Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar yurt tayanchi
18:04 / 2024-06-23

Buxoro davlat universitetida O’zLiDePning “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda partiya viloyat va Buxoro shahar Kengashi faollari, talaba-yoshlar va “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari qatnashdi.

Uchrashuvda partiya viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Obidjon Hamidov so‘zga chiqdi. 2024 yilning aynan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanishi tadbirkorlik sohasining navqiron vakillari, shuningdek, ta’lim muassasalari talaba-yoshlarini ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy muhofaza qilish borasidagi ishlarini davr talabidan kelib chiqqan holda tashkil etishni imkonini berishi, bir qator partiyaviy loyihalar, xususan, “Parlamentda yoshlar o‘rni” istiqbolli loyihasining ijrosi bu borada muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda yoshlar hayoti va faoliyatiga oid qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar haqida so‘z bordi. O'zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarning huquqiy bilimini yanada oshirish partiya mas’ullarining doimiy e’tiborida ekanligi, yoshlarning daxldorlik hissini kuchaytirishda partiyaviy loyihalarning ahamiyati qayd etildi. Yoshlarning qonun ijodkorligiga oid savollariga tashkilotchilar tomonidan batafsil javob berildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri