Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar yurt kelajagi uchun ovoz bermoqda
10:53 / 2024-10-27

FOTOREPORTAJ

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida joylashgan 165-saylov uchastkasida ham saylov jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.  

Mazkur saylov uchastkasida 2021 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ilk bor ovoz beruvchi saylovchilar 45 nafarni tashkil etadi. E’tiborlisi, siyosiy jarayonda birinchi marotaba ishtirok etayotgan yoshlar guldastalar bilan kutib olinmoqda.  

– Yurt kelajagi uchun ovoz berish juda hayajonli hamda faxrli ekan, - deydi saylov huquqidan ilk bor foydalanayotgan yoshlardan biri Mavludaxon Ermatova.  – Partiyalar hamda nomzodlar saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishganman. Bugun saylovda ovoz berib, o‘zim ma’qul deb topgan nomzodni qo‘llab-quvvatlaganimdan xursandman.  

[gallery-20027]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA