Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar yetakchisi bir xonadonga kirdimi, o‘sha xonadonda bir o‘zgarish bo‘lishi kerak!”
18:52 / 2022-04-15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahalladagi yoshlar yetakchilarining o‘rni” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahalladagi yoshlar yetakchilarining o‘rni, sohada uchrayotgan muammolar va tizim samaradorligini yanada oshirish istiqbollarini muhokama qilish hamda takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil etildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 20 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, respublikamizdagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Tadbirda qayd etilganidek, qarorga ko‘ra, mahalladagi yoshlar yetakchilari ayni kunlarda “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ishlash tizmini yo‘lga qo‘ydi.

[gallery-6647]

– Hududlarda “xonadonbay” yoshlar bilan ishlash tizimining joriy etilayotgani bejiz emas, – dedi Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev. – Chunki, joylarda yoshlarni qiynayotgan muammolarni bilish yoki ularning iqtidor va iste’dodlarini kashf etish bo‘yicha mazkur yangi tizim o‘zining natijasini berishi kerak. Yoshlar yetakchisi bir xonadonga kirdimi, o‘sha xonadonda bir o‘zgarish bo‘lishi kerak! Imkoniyati cheklangan yoshlarni ham alohida yoshlar yetakchilar orqali qamrab olib, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish, talab va istaklarini o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishlari lozim.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlashda “Yoshlar balansi” shakllantirildi. Shu balansga asosan joylarda kim qanday sharoit va imkoniyatga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, “Yoshlar daftari” orqali ham qanchadan-qancha yoshlarimizni qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etildi. Konferensiyada yoshlar yetakchilarining o‘z vazifasini yanada chuqurroq o‘rganishlari uchun tushunchalar berildi. Tadbirda uzoq mahallalardagi yoshlar yetakchilari joylarda tashkil etilgan hududiy studiyalardan ishtirok etdilar. Konferensiya yakuni bo‘yicha ilmiy-amaliy materiallar to‘plami chop etiladi va foydalanish uchun yetkaziladi.

Konferensiya ishi yalpi majlis va sho‘’balar doirasida amalga oshirilib, unda yoshlarga oid davlat siyosatini “mahallabay” joriy etish mexanizmlari, “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish masalalari, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar balansi” bilan ishlash, yosh liderlarni tayyorlash va milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda “mahallabay” ishlash tizimining o‘rni kabi masalalar muhokama qilindi.

Gulnoza Boboyeva, Nosirjon Haydarov,(surat) O‘zA