Yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingi e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligi tomonidan 2025 yilning ikkinchi choragi davomida mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingi e’lon qilindi.
Har chorakda an’anaviy tarzda e’lon qilib boriladigan ushbu reytingda yurt taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shib, mahallalarda yoshlarning ishonchli yo‘lboshchisiga aylangan eng faol yoshlar yetakchilari tanlab olindi.
Mazkur yoshlar yetakchilari bugungi kunda mamlakatimiz mahalla tizimida o‘z salohiyati, shijoati va yaratib berilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA