Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminari
14:12 / 2024-05-14

Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahallalardagi yoshlar yetakchilarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda mahallalarda faoliyat olib borayotgan 200 dan ortiq yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.  

Unda mahalla yoshlar yetakchilariga Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tegishli mas’ullari tomonidan yoshlarga yer ajratish, liderlik qobiliyatini shakllantirish, vaqtdan unumli foydalanish, huquqbuzarlikka moyilligi bor yoshlar bilan tizimli ishlash, yoshlar murojaatlari, Besh tashabbus loyihalari, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish kabi bir qator yo‘nalishlarda o‘quv-seminarlari o‘tkaziladi.  

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA