English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar yetakchilari rag‘batlantirildi
17:42 / 2022-06-20

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda mahallada yoshlar uchun foydali bo‘lgan takliflar bilan 200 nafardan ortiq yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.  Jahongir Ortiqxo‘jayev ularning takliflarni qo‘llab-quvvatlab tegishli tashkilotlarga topshiriq berdi. 

Tadbirda mahalla faoliyatida barcha yoshlarga o‘rnak bo‘lgan, o‘z hamkasblari o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan hamda poytaxt yoshlarining muammolarini yechishda tashabbuskorligi bilan namuna bo‘lgan 30 nafar yoshlar yetakchilari mukofotlandi.  

Jumladan, yetakchilarning 10 nafari Turkiya Respublikasiga sayoxat chiptalari, 10 nafari skuterlar, 10 nafari turli kiyim-kechaklar xaridi uchun vaucherlar bilan taqdirlandi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA