Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar yetakchilari bilan ishlash bo‘yicha xodimlarning malakasi oshirildi
16:52 / 2022-07-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash bo‘yicha sho‘ba xodimlari uchun respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda respublikamiz miqyosidagi 208 ta tuman (shahar) bo‘limlari hamda hududiy boshqarmalardagi sho‘ba mudirlari jami 222 nafar xodimlarga Yoshlar ishlar agentligi markaziy apparati mas’ul xodimlari va  mutasaddi tashkilotlar hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan seminarlar o‘tkazildi. 

O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi va o‘zaro tajriba almashishdi. Davlat fuqarolik xizmati sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarini bildirishdi. 

Qayd etilganidek, ushbu o‘quv mashg‘ulotlari kelgusida davlat xizmati sohasida yosh kadrlarni bosqichma-bosqich tayyorlashi, yoshlar orasida davlat xizmati jozibardorligini oshirishda, salohiyatli yoshlar uchun motivatsiya vazifasini o‘tab, kelgusida xalqchil davlat xizmatini ko‘rsatadigan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot drayverlarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. 

[gallery-7922]

Gulnoza Boboyeva,  
Davron Ernazarov (surat),O‘zA