Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar “Yashil makon” loyihasida faol qatnashdi
15:16 / 2023-11-23

Ma’lumki, shu kunlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab ko‘chat o‘tqazish tadbirlari keng tashkil etilmoqda. Shu sabab mazkur loyiha shahar va qishloqlarimizni yashil maydonga aylantirish, go‘zal bog‘-rog‘lar yaratish imkonini bermoqda.

Qayd qilinishicha, bu mavsumda 85 million tup ko‘chat o‘tqazilishi mo‘ljallangan hamda barcha tuman va mahallalarda ko‘chat yarmarkasi tashkil qilingan.  

Shunga ko‘ra, loyiha doirasida poytaxtimizdagi Olmazor tumanida joylashgan "G‘alaba bog‘i”da Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Jumladan, bog‘ atrofida 100 ga yaqin yoshlarimiz tomonidan 200 dan ortiq turli-xil mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.  

Bugungi kunda insoniyat oldidagi dolzarb vazifalardan biri ham atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, uni asrab-avaylash hisoblanadi. Mazkur loyiha poytaxtimizdagi barcha tumanlarida davom etmoqda.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA