Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar “Yashil makon” g‘oyalarini amalga oshirishda faollik ko‘rsatmoqda
17:02 / 2025-12-02

Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni mustahkamlash, sog‘lom va qulay muhit yaratish hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan izchil islohotlar jarayonida ayni paytda “Yashil makon” umummilliy loyihasi alohida o‘rin tutmoqda.

Prezidentimizning ezgu tashabbusi yurtimiz bo‘ylab ekologik ongni yuksaltirish, tabiatni asrash madaniyatini rivojlantirish va aholining faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

“Yashil makon” loyihasi talabalar va keng jamoatchilikni birlashtirib, ekologik mas’uliyat, bunyodkorlik va birgalik ruhini mustahkamlamoqda. Bu esa yangi avlodda tabiatga mehr va mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga hissa qo‘shadi.

Shu ma’noda, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talabalari “Yashil makon” umummilliy loyihasi g‘oyalari bilan hamohang ravishda o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ularning ishtiroki ta’lim muassasasi hududidan tashqarida, mahalla va ijtimoiy jamoat hududlarida ham sezilarli ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda.

Jumladan filialning barcha ko‘ngilli talabalari “Telemarkaz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga tashrif buyurib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Ular maydonlarni tozalash va daraxt ko‘chatlarini ekishda faol qatnashdilar.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri