French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar yangi Konstitutsiya mohiyatini yaxshi anglashi kerak
08:56 / 2023-04-07

Namangan davlat universitetida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Men referendumga befarq emasman” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zMTDP Namangan viloyati kengashi raisi Dilnoza Azizova, universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, siyosiy fanlar doktori Narimon Dehqonov yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ta’lim va ilm-fan sohasidagi o‘zgarishlar, yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida batafsil to‘xtaldi.  

E’tirof etish lozimki, Bosh qomusimizda oila, bolalar va yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda. Davlat va jamiyat bolalar hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, xalqining boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda.  

– Inson qadrini ulug‘lash g‘oyasi asosida Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini avvalo o‘zimiz tushunib olib, qo‘llab-quvvatlasakkina ezgu maqsadlarimizga erishamiz, – deydi partiya viloyat kengashi rahbari Dilnoza Azizova. – Yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilmoqda. Davlat shu orqali o‘z zimmasiga muhim majburiyatlarni olmoqdaki, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyat va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhim ahamiyat kasb etadi.  

Muloqotda talaba-yoshlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bayon etisharkan, O‘zbekiston Konstitutsiyasining har bir moddasi inson sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘lash, sog‘ligimiz, ta’lim olishimiz, mehnat qilishimiz, bir so‘z bilan aytganda, butun hayotimiz va uning har bir jihati uchun daxldor ekanligini g‘ururlanib gapirishdi.  

Oqilxon Dadaboyev,  

O‘zA