O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov Andijon davlat chet tillari institutida bo‘lib, yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan uchrashuv avvalida mehmonlar institut Yoshlar saroyi faoliyati bilan tanishdi.
Mehmonlar Yoshlar saroyida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, talabalarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan turli yo‘nalishlardagi to‘garaklar hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bosmaxona faoliyatiga yuqori baho berdi.
[gallery-28016]
Shundan so‘ng institut faollar zalida Andijon viloyatidagi nashriyotlar, o‘quv markazlari va kitob do‘konlari rahbarlari, “Ko‘mak” loyihasi ishtirokchilari, shuningdek, xorijiy tillarni o‘zlashtirishda yuqori natijalarga erishgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi, bandligini ta’minlash, umuman, ularning o‘z salohiyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ta’kidlandi.
Viloyatning faol yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, startap loyihalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan batafsil javoblar oldi.
F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.