English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar vatanparvarlik ruhida tarbiyalanmoqda
16:13 / 2023-01-26

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tasarrufida bugungi kunda 10 ta o‘quv sport texnika klubi faoliyat yuritmoqda.

Mazkur o‘quv sport texnika klublari To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Beruniy, Amudaryo, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot, Kegeyli, Chimboy, Qorao‘zak tumanlari va Nukus shahrida joylashgan. Ular zarur jihoz va anjomlar bilan ta’minlangan.

[gallery-10375]

O‘tgan 2002 yil davomida shahar va tumanlardagi o‘quv sport texnika klublari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda ularni harbiy-texnik mutaxassisliklarga tayyorlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, zarur kasbiy malakaga ega bo‘lmagan, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”da turuvchi yoshlarni mehnat bozorining ehtiyojidan kelib chiqib, kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish, ya’ni, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash toifalari (“A”,”V”, “VS”, “D”,”VE”,”SE”,”DE”) bo‘yicha 5024 mutaxassis tayyorlandi.

Shuningdek, qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tasarrufidagi tuman va shahar o‘quv sport texnika klublari tomonidan sportning texnik va amaliy turlaridan muntazam ravishda sport musobaqalari o‘tkazildi. Ta’kidlash joiz, terma jamoa a’zolari avtoralli, motokross, triatlon, duatlon, yozgi biatlon, o‘q otish, radiosport va model sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakat musobaqalarida yuqori natijalar ko‘rsatdi.  

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA