French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar varkaut yo‘nalishida imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi
16:34 / 2025-05-22

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi vorkaut musobaqasining viloyat bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi.  

Yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada viloyatning barcha hududlaridan saralab olingan, jismonan chiniqqan, faol va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnikasi, muvozanatni saqlash ko‘nikmalari va kreativ harakatlari hakamlar tomonidan xolis baholandi.

Yakunida g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

[gallery-23512]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA