“Yoshlar va sportchilar bog‘i” tashkil etildi
Navoiyda yoshlar va sportchilar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ommaviy ko‘chat ekish aksiyasida faol qatnashdi.
Ushbu aksiyada viloyatning 11 ta tuman va shahridan 300 nafardan ortiq yosh va sportchi, shuningdek, faxriy sport ustalari ishtirok etishdi.


Loyiha doirasida Nurota tumanining Jarma qishlog‘ida tashkil etilgan “Yoshlar va sportchilar bog‘i” hududiga 6 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.


Maxsus texnika yordamida 200 metr chuqurlikdan suv chiqarilib, yangi o‘tqazilgan ko‘chatlar sug‘orildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri