Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar va saylov (+video)
15:57 / 2024-10-23

Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida “Yoshlar va saylov” forumi doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan interaktiv uchrashuvlar, qiziqarli viktorina va bellashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning saylov jarayonlaridagi ishtiroki keng muhokama qilinmoqda.

Joriy yilning 27 oktyabr kuni “Mening tanlovim – obod Vatanim!” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar saylovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 265 mingga yaqin jizzaxlik yoshning ishtiroki etishi kutilmoqda.  

Bu viloyat bo‘yicha jami ro‘yxatga olingan 798 ming 756 nafar ovoz beruvchining salkam 30 foizini tashkil etadi.

Jumladan, navbatdagi “Yoshlar sayli” saylovoldi yoshlar forumiga bu gal Jizzax shahri mezbonlik qildi. Unda yigit-qizlar uchun foydali bo‘lgan 10 ga yaqin loyiha va platforma haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

“Yoshlar va saylov” forumi doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan interaktiv uchrashuvlar, qiziqarli viktorinalar, sport musobaqalari, “Zakovat” intelektual bellashuvlari o‘tkazilib, yoshlarning saylov jarayonlaridagi ishtiroki keng muhokama qilinmoqda.  

Jizzax shahridagi yoshlar forumida 2 mingdan ortiq faol yosh ishtirok etgan bo‘lsa, Zomin tumani Yoshlar markazi binosida “Yoshlar va saylov” sayli doirasida “Yosh saylovchining huquqlari” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida  mingga yaqin yosh qamrab olindi.

Hududdagi yoshlar qamrovi ko‘p bo‘lgan korxona, tashkilot va klasterlarda, harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar ishtirok etgan mazkur tadbirda saylov qonunchiligi, undagi o‘zgarishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berilib, yoshlar faollikka chorlandi.  

[gallery-19941]

Davra suhbati davomida tumandagi faol yoshlar vakillari so‘zga chiqib, muhim siyosiy jarayonda tengdoshlarini faollikka chorladi.  

Yoshlar markazi binosida “Yoshlar va saylov” sayli tadbiri doirasida shaxmat, shashka va “Zakovat” intellektual o‘yinlari ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘tkazilgan tanlov va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tJRlPEidWcw" title="Jizzaxlik yoshlar saylovda faol ishtirok etadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jizzax viloyatida o‘tayotgan yoshlarning saylovoldi forumlarida jizzaxlik yosh umidli xonandalar tomonidan namoyish etilayotgan konsert dasturlari ishtirokchilarga xushkayfiyat bag‘ishlamoqda.

Bu kabi “Yoshlar va saylov” forumlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat, video), O‘zA