French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar va O‘zbekistonning barqaror qishloq xo‘jaligi kelajagi
15:43 / 2025-08-14

12 avgust – Xalqaro yoshlar kuni sifatida butun dunyoda keng nishonlanadi. Ushbu muhim sana 1999 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ta’sis etilgan. Bu kun butun dunyo yoshlarining jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi va kelajak qurishda tutgan o‘rnini yana bir bor ta’kidlaydigan muhim sanadir.

Statistik ma’lumotga ko‘ra, dunyoda yoshlar (15-24 yosh) soni taxminan 1,2 milliardni tashkil etadi, bu global aholi sonining qariyb 16 foiziga to‘g‘ri keladi. Yoshlar nafaqat jamiyatning muhim qismi, balki innovatsiya, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Shu bois, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) har yili ushbu sanani faol nishonlab, yoshlarni barqaror oziq-ovqat tizimlari, ilg‘or innovatsiyalar va zamonaviy raqamli texnologiyalarga keng jalb etadi.

Jumladan, ushbu sana munosabati bilan FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Yoshlar va O‘zbekistonning barqaror qishloq xo‘jaligi kelajagi” mavzusida muloqot tashkil etildi.

Tadbir Jahon oziq-ovqat forumi doirasidagi global yoshlar tashabbusining strategik komponenti sifatida Milliy yoshlar bo‘limi taqdimotiga bag‘ishlandi. Ushbu muhim tashabbus mamlakatimizda barqaror agrooziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishda yoshlar ishtirokini sezilarli darajada kuchaytirishga qaratilgan.

Anjumanda asosiy e’tibor yoshlar salohiyatini rivojlantirish, ekologik tashabbuslarda ularning faolligini oshirish hamda professional hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratildi.

Ta’kidlash kerak, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda BMT Bosh kotibining 2018 yil sentyabrda e’lon qilgan “Yoshlar – 2030” strategik dasturida o‘z ifodasini topgan.

Ushbu muloqot qishloq xo‘jaligi islohotlari va qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hamda kelajak poydevori sifatida O‘zbekistonning qat’iy intilishini yaqqol namoyon etadi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi milliy sa’y-harakatlarni yanada mustahkamlaydi.

B.XUDOYBERDIEV, O‘zA