English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar va o‘smirlar Osiyo chempionatida qatnashadi
12:28 / 2021-08-20

Bugun Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida boks bo‘yicha yoshlar hamda o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi.

Aynan ushbu yosh toifasidagi bokschilar 2024 va 2028 yilgi olimpiya o‘yinlarining qatnashchilari bo‘lishga asosiy da’vogarlar ekanligini inobatga olsak, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi bitta maskanda o‘tkazilayotganligi o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.

Bu, birinchidan, murabbiy va mutaxassislarning kelajak chempionlarining harakatlarini to‘g‘ridan- to‘g‘ri kuzatish imkoniyatini berayotgan bo‘lsa, yosh bokschilarga jahon ringlaridagi bo‘lg‘usi raqiblarining texnik-taktik usullarini o‘zlashtirishda qo‘l kelmoqda.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur qit’a birinchiligida Osiyoning 18 ta davlat vakillari ishtirok etmoqda. Yaponiya, Xitoy, Koreya kabi mamlakat sportchilari epidemiologik vaziyat sababli, o‘z sportchilarini Dubayga jo‘natishmagan.

Aytib o‘tganimizdek, Dubay bahslarida O‘zbekiston boks terma jamoasining barcha yosh toifasidagi vakillari qatnashmoqda.

Kecha musobaqa dasturiga binoan 2005-2006 yillar o‘rtasidagi janglar uchun qur’a tashlandi. Qur’a natijalariga ko‘ra, 46 kilogramm vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtimiz Baxtiyor Yaxshiboyev hindistonlik Krish Pal bilan keyingi bosqich masalasini hal etadi.

Qolgan vaznlarda esa quyidagi holatlar aks etgan: 48 kg.da Xumoyunmirzo Abdurasulov(O‘zbekiston)-Aydar Qadirxan(Qozog‘iston), 50 kg.da  Xojiakbar Mahmudov(O‘zbekiston)-Yerdenbold(Mongoliya), 52 kg.da Abdullox Madaminov(O‘zbekiston)- Uganbaaatar(Mongoliya), 54 kg.da Mironshox Norqosimov(O‘zbekiston)-Sivar Falaxi(Eron), 57 kg.da Dalerjon Bozorov(O‘zbekiston)-   qozog‘istonlik Roman Sevyastanov, 60 kg.da Javohir Ummataliyev(O‘zbekiston)-Yashvardxan(Hindiston), 63 kg.da Lazizbek To‘lqinov(O‘zbekiston)-Mausavi Alireza(Eron), 66 kg.da Fazliddin Erkinboyev(O‘zbekiston)-Mortazafi(Eron), 70 kg.da Shavkatjon Boltayev(O‘zbekiston)-Xalid(BAA), 75 kg.da Mizrab Nekbayev(O‘zbekiston)   Hindiston va Qozog‘iston bokschillari jangi g‘olibi bilan, 80kg.da Sardorbek Tursunov(O‘zbekiston)-Abdulla Munder(Iroq) va +80 kg vazndagi bokschimiz Oynazar Kenesbayev Bxarat Joon(Hindiston) bilan jang o‘tkazadi.

Osiyo chempionati Nizomiga asosan g‘oliblikka erishganlar 6000 AQSH dollari bilan mukofotlansa, kumush va bronza medallari egalari 3000 hamda 1500 dollar mukofotni qo‘lga kiritishadi. O‘smirlar esa 4000, 2000, 1000 AQSH dollarlari miqdoridagi mukofotlarga ega chiqishadi.

Qit’a chempionati 30 avgustgacha davom etadi.

 

To‘lqin Ro‘ziyev,O‘zA