Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshlar uyi”ning ramziy kalitlari oʻz egalariga berildi
18:23 / 2019-12-27

Poytaxtimizning Sergeli tumanida barpo etilgan “Yoshlar uyi”ning ramziy kalitlari egalariga topshirildi.


Poytaxtimizning Sergeli tumanida barpo etilgan “Yoshlar uyi”ning ramziy kalitlari egalariga topshirildi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashining mahalliy kengashlariga murojaat qilgan nomzodlarning hujjatlari tegishli tartibda hududiy hamda respublika komissiyalari tomonidan oʻrganib chiqilib, ular orasidan uy-joyga muhtoj bir guruh yoshlarga imtiyozli asosda uylar berilishi belgilangandi.

“Yoshlar uylari” yurtimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, fan, taʼlim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan, respublika va xalqaro olimpiada, musobaqa, festivallarda faol qatnashayotgan 168 nafar nomzodga 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida berildi.

Ushbu uylar ikki va uch xonalardan iborat boʻlib, yashash uchun barcha qulaylik bilan taʼminlangan.

– 2011-yildan buyon televideniyeda jurnalist sifatida faoliyat koʻrsataman, – dedi Umida Xoʻjaqulova. – Shu kunga qadar oilamiz bilan ijara uyda yashardik. Rahbariyat mehnatlarimni eʼtiborga olib, uy olish uchun ijobiy tavsifnoma berdi. Turmush oʻrtogʻim bilan ikki farzandni tarbiyalab, kamolga yetkazayapmiz. Yangi yil bayrami arafasida yangi uyga koʻchib oʻtayotganimizdan juda hursandmiz.

– Bu uylar imtiyozli kredit asosida, boshlangʻich toʻlovlarsiz berilayotgani yosh oilalar uchun katta imkoniyat boʻldi, – dedi Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi matbuot kotibi Qahramon Maulenov. – Uylarning boshlangʻich 25 foiz badal puli, keyinchalik kreditni qaytarish muddati, yaʼni 20 yil davomida boʻlib-boʻlib qaytarish sharti bilan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan toʻlab beriladi. Bugungi kun holatida jami 45,7 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ yoshlar uchun toʻlandi.