Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar uchun zamonaviy beshkurash musobaqalari tashkil etildi
19:17 / 2021-05-15

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi tomonidan ushbu sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu jumladan, bugun poytaxtimizdagi «Ekopark»da ushbu sport turining eng ommalashgan turlaridan biri UIPM Global Laser run city tour bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar yugurish va lazerli pistoletdan o‘q uzish bo‘yicha bellashishdi.

Musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi jamoalari ham ishtirok etdi.

Tadbir yakunida munosib ishtirok etgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zA