French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar uchun tadbirkorlik saboqlari
18:24 / 2015-12-23

Toshkent arxitektura va qurilish kasb-hunar kollejida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Mirobod tumani kengashi tomonidan kollej bitiruvchilari o‘rtasida tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Toshkent arxitektura va qurilish kasb-hunar kollejida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Mirobod tumani kengashi tomonidan kollej bitiruvchilari o‘rtasida tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, yoshlarni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etishga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z samaralarini berayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ezgu sa’y-harakatlarni yangi bosqichga ko‘tarishda dasturilamal bo‘lmoqda.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va qator tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermerlar kengashi hamda “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Mening biznes g‘oyam” hamda “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovlari yigit-qizlarning tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning tadbirkorlik qilishi va hayotda o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Harakat qoshida faoliyat yuritayotgan “Yosh tadbirkor” konsultativ markazi tadbirkorlik faoliyatiga qadam qo‘yayotgan yoshlarga biznes-reja tuzish, tijorat banklaridan kredit olish masalalarida yaqindan ko‘maklashmoqda.

– Mamlakatimizda biz, yoshlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishimiz uchun barcha qulaylik yaratilgan, – deydi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti magistranti Olimjon To‘ychiyev. – Ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, axborot va hamkorlik xarakteriga ega ushbu loyihalarda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘z biznesiga ega yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Mazkur loyihalar yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada kollejni bitirgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan o‘g‘il-qizlar safi tobora kengaymoqda.

Seminarda kollej o‘quvchilari sohada yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda imtiyozlar haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Mutaxassislar ularning savollariga javob berdi.