French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar uchun ochiq muloqot
16:04 / 2026-02-02

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudida talaba yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tashabbus yoshlarni sud-huquq tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, sud ishlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, shuningdek, sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida sudyalar tomonidan ma’muriy sudlarning asosiy vazifalari, fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni, shuningdek, sudlarga murojaat qilishda yaratilgan zamonaviy qulayliklar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ayniqsa, sud tizimida joriy etilgan interaktiv xizmatlar, elektron murojaatlar, raqamli sud jarayonlarining afzalliklari haqida batafsil tushuntirildi.  

Ishtirokchilar sud zallari, devonxona, arxiv va boshqa xizmat xonalari bilan tanishib, sud ishlarining amalda qanday tashkil etilishiga guvoh bo‘lishdi. Bu esa yoshlarda sud faoliyatiga nisbatan ishonch va xolis munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ochiq muloqotlar davomida talabalar uchun interaktiv o‘yin o‘tkazilib, unda sudyalar tomonidan berilgan  huquqiy savollariga  yoshlar javob berish barobarida, ulardan to‘liq javoblar olish  imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Faol ishtirok etgan, bilim va qiziqishi bilan ajralib turgan talabalarga esa ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli kitoblar sovg‘a qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri